AQShga yangi tropik bo‘ron yaqinlashmoqda

AQShga yangi tropik bo‘ron yaqinlashmoqda

AQShning Florida shtatiga yangi "Isaias" tropik bo‘roni kelishi mumkin.

Buni AQShning Bo‘ronlarni kuzatish milliy markazi ma’lumotlari tasdiqlamoqda.

Xabarga ko‘ra, ushbu tropik bo‘ronning shamol tezligi sekundiga 20 metrdan oshadi.

Qayd etilishicha, Puerto-Rikodan 200 kilometr uzoqlashgan "Isaias"  endilikda AQSh qirg‘oqlari tomon harakatlanmoqda.

Avvalroq, Puerto-Riko hukumati yaqinlashib kelayotgan bo‘ron tufayli mamlakatda favqulodda holat holatini joriy etgan. Milliy gvardiya safarbar qilingan, sohil qo‘riqchilari esa mahalliy aholini suv toshqini xavfi haqida ogohlantirgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!