AQShda hisob raqami ochgan barcha Qozog‘iston fuqarolari haqida ma’lumot oshkora qilinadi

AQShda hisob raqami ochgan barcha Qozog‘iston fuqarolari haqida ma’lumot oshkora qilinadi

Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi deputatlari «Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasida xalqaro soliq intizomini takomillashtirish to‘g‘risidagi Kelishuvni ratifikasiya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

«Hujjatga ko‘ra, AQSh moliya institutlari bilan xalqaro biznes operasiyalarini amalga oshiruvchi barcha xorijiy moliya tashkilotlari AQSh soliq to‘lovchilarining hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart», — dedi Qozog‘iston Respublikasi milliy iqtisodiyot vaziri Alibek Quantirov qonun loyihasini taqdim etar ekan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasida moliya tashkilotlari, jumladan, kredit tashkilotlari, sug‘urta, brokerlik va shu kabi boshqa kompaniyalar faoliyati qamrab olingan.

Ushbu rejimga qo‘shilmagan moliya institutlari, u orqali AQShga soliq to‘lovchi shaxs AQSh hududidagi investisiyalar bilan bog‘liq daromadga tegishli pul mablag‘larini boshqa mamlakatga jo‘natgan taqdirda, jo‘natmalarning 30 foizigacha ushlanib qolinadi.

Hujjatga qo‘shiladigan moliya institutlari Qozog‘istonda hisob raqamlarini ochgan barcha amerikalik jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi shart.

Xuddi shu kabi, Qozog‘iston Respublikasiga ham Qo‘shma Shtatlarda hisob raqamlarini ochgan Qozog‘istondagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.

Ya’ni, mamlakatlarning bu boradagi o‘zaro hamkorligi Qozog‘iston byudjetiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!