AQSh va Buyuk Britaniya Avstraliyaga suv osti kemalari tashrifi sonini oshiradi

AQSh va Buyuk Britaniya Avstraliyaga suv osti kemalari tashrifi sonini oshiradi

Avstraliya harbiy portlariga Vashington 2024 yildan, London esa 2026 yildan suv osti kemalari tashrifi chastotasini oshirish niyatida. Bu haqda Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tgan muzokara yakuni bo‘yicha “AUKUS” alyansi (Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh uch tomonlama harbiy hamkorligi) mudofaa vazirlari qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, hamkor davlatlar “2024 yil Avstraliyaning Stirling harbiy-dengiz bazasi portiga suv osti kemalari tashrifi chastotasini oshirishga kelishib oldilar”. Ushbu qaror AQSh Shimoliy Karolina harbiy kemasining 2023 yil avgustda Pert portiga tashrifi ijobiy natija bergani bilan bog‘liq.

– AQSh harbiy-dengiz kuchlari suv osti kemasining yashil qit’aga safari 2024 yil birinchi yarmiga rejalashtirilgan, – deyiladi hujjatda. – Yilning ikkinchi yarmida AQSh dastlabki texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi.

Buyuk Britaniya 2026 yildan boshlab Avstraliya portlariga suv osti kemalari jo‘natish jadvalini kengaytirish niyatida.

“AUKUS” harbiy ittifoqi 2021 yil tuzilgan. Mazkur hamkorlik doirasida, jumladan, Kanberra uchun atom suv osti kemalari ishlab chiqarish va boshqa qo‘shma harbiy ishlanmalar yaratish nazarda tutilgan. Oq uy ushbu blokka kelajakda AQShning Yevropa va Osiyodagi hamkorlari ham qo‘shilishi mumkinligini oshkor qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!