AQSh Rossiyaga to‘lovlarni rublda to‘ladi

AQSh Rossiyaga to‘lovlarni rublda to‘ladi

“Soyuz”dagi bitta joy Amerika tomoniga 2 mlrd rublga tushdi.

Amerika kompaniyasi NASA astronavti Mark Vande Xeyning Xalqaro kosmik stansiyaga parvozi uchun to‘lovni rublda to‘ladi.

“Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida Xeyning “Soyuz”dagi joyi Amerika tomoniga 2 mlrd rublga tushganini aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘lovni NASA emas, balki Amerikaning Axiom kompaniyasi amalga oshirgan.

“Ular to‘lovni “Roskosmos”ga may oyining oxrigacha to‘lashni vada qilishgan edi. Lekin to‘lov bir oyga kechikdi”, deydi Rogozin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NASA parvozni tashkil etish chog‘ida AQSh Kongressi tomonidan bosim ostida bo‘lgan. Shu bois xususiy kompaniya vositachi sifatida tanlagan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 9 aprel kuni NASA astronavti Mark Vande Xey rossiyalik kosmonavt Oleg Noviskiy va Petr Dubrov bilan Rossiyaning “Soyuz MS-18 ” kosmik kemasida Xalqaro kosmik stansiyaga yetib kelgandi. Noviskiy Yerga avvalroq qaytgan, Dubrov va Vande Xey esa stansiyada 355 kun bo‘lib XSK missiyasi doirasida orbitada eng uzoq vaqt qolish bo‘yicha rekord o‘rnatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!