AQSh Rossiya, Xitoy va Eronni saylovlarga ta’sir o‘tkazishga urinishda aybladi

AQSh Rossiya, Xitoy va Eronni saylovlarga ta’sir o‘tkazishga urinishda aybladi

Rossiya, Eron va Xitoy AQShdagi prezident saylovlariga ta’sir o‘tkazishga urinishdi.

Bu haqda AQShning Razvedka va xavfsizlik milliy markazi direktori Uilyam Evanina ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “The Washington Post”.

Markaz rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u har kuni Rossiya, Xitoy, Eron va boshqa mamlakatlarning razvedka ma’lumotlarini kuzatgan.

«...va men tahdidni ko‘rdim. Ishonamanki, ushbu uchala davlat ham aralashishga qiziqish bildirgan va bizning saylovlarimizga ta’sir o‘tkazishga urinishgan», demoqda Evanina.

Shuningdek, u Rossiya saylovlar bilan bog‘liq tahdidlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda ekanligini, ammo XXR ham o‘z o‘yinini ko‘rsatayotganini qo‘shimcha qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!