AQSh qidirayotgan “Tolibon” vakili BAA prezidenti bilan uchrashdi

AQSh qidirayotgan “Tolibon” vakili BAA prezidenti bilan uchrashdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan terrorizmga aloqadorlikda ayblanib qidiruvga berilgan “Tolibon” yetakchiligidagi Afg‘oniston hukumati ichki ishlar vaziri Sirajuddin Haqqoniy Abu-Dabiga tashrif buyurdi va u yerda BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.

Amirliklarning WAM axborot agentligi xabariga ko‘ra, davlat rahbari Qasr ash-Shati saroyida Haqqoniy boshchiligidagi «Tolibon» harakati delegasiyasini qabul qildi. Uchrashuvda «tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro manfaatlarni ta’minlash va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida aloqalarni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildilar».

Amirlik hukumati axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan fotosuratlardan birida prezidentning Afg‘oniston delegasiyasi bilan uchrashgani aks etgan, ular orasida razvedka xizmati rahbari va “Tolibon”ning siyosiy qanoti a’zosi Abdul Haq Vosiq ham bor.

Taniqli mujohid qo‘mondoni Jaloliddin Haqqoniyning o‘g‘li Sirajuddin “Tolibon”ning Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi moliyaviy hamda harbiy aktivlarini nazorat qiladigan "Haqqoniy tarmog‘i"ni boshqaradi. Taxminlarga ko‘ra, Haqqoniy 40-yillarning oxiri yoki 50-yillarning boshlarida tug‘ilgan. AQSh Davlat departamenti uni o‘ta xavfli xalqaro terrorchi deb tan oldi va uning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot taklif qildi.

Birlashgan Arab Amirliklari "Tolibon" bilan aloqalarni, jumladan, iqtisodiy aloqalarni davom ettiradigan kam sonli davlatlardan biridir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!