Angliyada tushlik qilishga qurbi yetmaydigan maktab o‘quvchilari soni ortdi

Angliyada tushlik qilishga qurbi yetmaydigan maktab o‘quvchilari soni ortdi

“Sutton Trust” ta’lim xayriya tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Angliyadagi o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi yashash xarajatlari oshgani sababli maktabda ovqatlanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar soni ko‘paygani haqida xabar bergan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, davlat ta’lim muassasalarining yuqori rahbariyatining 52 foizi davlat maktablarida bepul ovqatlanish dasturiga mos kelmaydigan va narxlarning oshishi tufayli nonushta yoki tushlik qilishga qurbi yetmaydigan o‘quvchilar soni ortganini qayd etgan. Kam byudjetli maktablar orasida bu ko‘rsatkich 59 foizga ko‘tarilgan.

Shu munosabat bilan, o‘qituvchilarning 38 foizi ko‘proq o‘quvchilar maktabga och kelayotganini, 17 foizi esa oilalar oziq-ovqat banklari yordamidan ko‘proq foydalanayotganini payqagan. Eng kam ta’minlangan maktablardagi o‘qituvchilar orasida shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar sezilarli darajada yuqori - mos ravishda 56 foiz va 27 foiz.

Bundan tashqari, respondentlarning 54 foizi maktabga issiq kiyimsiz bolalar ko‘proq kelayotganini, so‘rovda qatnashgan o‘qituvchilarning 74 foizi esa o‘quvchilar darsda charchagan ko‘rinishi va diqqatini darsga jamlash qiyinlashishini qayd etgan.

So‘rov Angliya bo‘ylab 6,2 mingdan ortiq o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazildi. Maksimal xatolik 1 foizni tashkil qiladi.

Rossiya Federasiyasining Ukrainada maxsus operasiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi. Yetkazib berish zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Buyuk Britaniyada yashash narxining oshishi millionlab uy xo‘jaliklariga ta’sir qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!