Angliya terma jamoasining sobiq murabbiyi vafot etdi

Angliya terma jamoasining sobiq murabbiyi vafot etdi

Shvesiyalik futbol murabbiyi Sven-Yoran Eriksson dushanba kuni 76 yoshida, o‘z uyida oilasi qurshovida vafot etdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Angliya terma jamoasini boshqargan ilk xorijlik bo‘lgan Eriksson Italiya, Portugaliya va Shvesiyada klub darajasidagi muvaffaqiyati bilan tanilgan.

U oshqozon osti bezi saratoni bilan sakkiz oylik kurashdan so‘ng vafot etdi, Shvesiyada "Svennis" nomi bilan mashhur Eriksson 27 yoshida murabbiylik faoliyatini boshlash uchun "futbolchi" sifatidagi faoliyatini tashladi. Uning eng katta yutuqlari 2001 yildan 2006 yilgacha boshqargan Angliya terma jamoasida bo‘lgan. Uning qo‘l ostida Devid Bekxem, Stiven Jerrard, Ueyn Runi kabi ingliz futbolchilari 2002 va 2006 yilgi jahon chempionatlarida chorak finalga, Yevro-2004 chorak finaliga qadar yetib borgan.

Uning murabbiylik faoliyati nafaqat futboldagi yutuqlari, balki Britaniya matbuotining diqqat markazida bo‘lgan shaxsiy hayoti bilan ham ajralib turardi. Eriksson shved teleboshlovchisi Ulrika Yonsson va futbol assosiasiyasi kotibi Faria Alam bilan yaqin munosabatlarda bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!