Andijonda uzoq yillardan beri aliment to‘lamay, qochib yurgan erkak ijaradagi uyidan topildi

Andijonda uzoq yillardan beri aliment to‘lamay, qochib yurgan erkak ijaradagi uyidan topildi

Andijon viloyatida uzoq yillardan beri aliment to‘lamay, qochib yurgan erkak ijaradagi uyidan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi A.A. bir nafar farzandi ta’minotidan qochib yurgan. Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlarining surishtiruv-qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota ijaradagi uyidan topib keltirildi hamda ma’muriy javobgarlik haqida ogohlantirildi.

Uzoq yillardan buyon farzandi holidan xabar olmagan ota to‘lanmay kelingan jami 67 million so‘m aliment qarzi bilan birga farzandi voyaga yetgunigacha hisoblanadigan aliment pullarini oldindan to‘lashini bildirdi.

Shu bilan ijro harakatlari davomida undiruvchi X.N. foydasiga aliment qarzi bilan birgalikda oldindan to‘lov sifatida jami 7200 AQSh dollari (90 million 720 ming so‘m) qiymatidagi pullar undirib berilishi ta’minlandi.

Alimentdan qochgan otalar haqida

Namangan viloyati Chortoq tumanida aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak uy yerto‘lasidan topilgandi. Qarzdor ota tomonidan qarzdorlik 20 million so‘mdan ortgan. Ishlash maqsadida Toshkent shahriga ketgach, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Xodimlar tomonidan Toshkentdagi xonadon yashash joylari puxta ko‘zdan kechirilganda, yerto‘laga yashirinib olgani aniqlangan. Unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Toshkentda uchta xotiniga aliment to‘lamagan erkakning qarzini 4-xotini to‘lagani haqidagi holat ham kuzatilgan. Shundan so‘ng sud tomonidan qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar qayta ko‘rilib, yetkazilgan zarar miqdori qoplangani sababli 15 sutkalik qamoq jazosini to‘liq o‘tamasdan ozod qilingan.

Surxondaryo viloyati Angor tumanida aliment to‘lamay, 2 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak uy yerto‘lasidan topilgan.

Shu kabi Qashqadaryoda MIB xodimi 2 yildan beri qidiruvda bo‘lgan qarzdor erkakni berkinayotgan joyida topib olgan. Tadbir jarayonida xodimlardan biri uyning boloxonasi va tomini tekshirayotgan paytda, ikkinchi xodim yiqitilgan ko‘rpalar tagidan fuqaroni olib chiqdi.

Shu kunning o‘zida qarzdor mavjud 28 million 971 ming so‘m aliment qarzdorligini to‘lamagani sababli Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudi tomonidan B.Buxarovga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, Namangan viloyati Chust tumanida aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak Ohangarondan topilgan.O‘tkazilgan suhbat mobaynida qarzdorlik salkam 15 million so‘mga yetgani, uni bartaraf etish lozimligi tushuntirilgan. Qayd etilishicha, u yana mas’uliyatni his etmagan va unga nisbatan jinoyat ishi yuritilgan.

Andijon viloyati Shahrixon tumanida esa aliment to‘lashdan qochib, uyining yerto‘lasida yashirinib yurgan erkak ushlanib, 15 sutkaga qamalgan.

Eng antiqa holatlardan biri, Namangan viloyatida aliment to‘lamay yurgan erkak boshqa xotinining uyida yashiringani aniqlangan. Unda qarzdorlik to‘planib, 24,3 million so‘mga borib yetgan edi.

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida aliment to‘lamay qochib yurgan erkak Toshkentdagi molxonadan topilgan. Voyaga yetmagan farzandlari uchun to‘lanmagan aliment miqdori 3 million 200 ming so‘m ekani aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!