Andijonda rahbar aholiga ajratilgan 169 tonna unni qimmat narxda sotib yubordi

Andijonda rahbar aholiga ajratilgan 169 tonna unni qimmat narxda sotib yubordi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan tuman hokimligining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.I.” MCHJ rahbari M.A. aholiga arzon narxlarda sotish maqsadida davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 385 mln so‘mlik 169 tonna un mahsulotini arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!