Andijonda portlash sodir bo‘ldi

Andijonda portlash sodir bo‘ldi

Joriy yilning 26 fevral kuni tahminan 10:30da Andijon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinikasining isitish qozonxonasida qozon portladi. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holatning kelib chiqishiga, isitish qozonining nosozligi sabab bo‘lgan.

Voqea natijasida, voqea joyidan uzoq bo‘lmagan, flyuorografiya xonasida navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan Andijon shahri 4-sonli umum ta’lim maktabining o‘quvchilari jabrlangan. Aniqlanishicha, 9-sinfning 18 nafar o‘quvchilari va ularni kuzatib borgan 4 nafar o‘qituvchilari yengil jarohat olgan, ularning ahvoli qoniqarli. Shuningdek, o‘rta darajadagi jarohatlangan ikki nafar o‘quvchilarga tezkor yordam ko`rsatilgan. Ularning ham salomatligi qoniqarli darajada.

Mazkur holat yuzasidan, sodir bo‘lgan vaziyatning kelib chiqish sabablari, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Andijon shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari hamda Uztransgaz mutaxassislari tarkibidan iborat komissiya tuzildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!