Andijonda oshxonalardan biri yonib ketdi

Andijonda oshxonalardan biri yonib ketdi

Bugun, 17 iyun kuni soat 06:52 da Andijon viloyati Marhamat tumani “O‘zbekiston” MFY, Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Beshbola” umumiy ovqatlanish oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:56 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:08 da qurshab olingan va soat 07:58 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida oshxona 3 qavatining taxminan 250 kv.m. maydonda tom, shift va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!