Andijonda fuqaro o‘z ixtiyori bilan ov qurolini topshirdi

Andijonda fuqaro o‘z ixtiyori bilan ov qurolini topshirdi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ta’lim muassasalarida, korxona, tashkilotlar hamda chegara xududlariga yaqin bo‘lgan mahallalarda faol profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida (1989 yilda tug‘ilgan) Xo‘jaobod tumani Manak qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.S yashash xonadonining yerto‘la qismida saqlayotgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1 dona taxta qo‘ndoqli, 1 stvolli, 16 kalibrli ov qurolini o‘z ixtiyori bilan tadbir ishtirokchilariga taqdim etdi.

Tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

F.Karimov

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi katta inspektori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!