Andijonda do‘konga kirgan xaridor sotuvchidan kaltak yedi

Andijonda do‘konga kirgan xaridor sotuvchidan kaltak yedi

Andijon. 2020 yil 05 fevral kuni taxminan soat 20:30 larda Oltinko‘l tumanidagi do‘kon egasi 36 yoshli D.P., o‘zining do‘koniga xaridor sifatida kirgan mast holdagi 29 yoshli X.T., uni haqorat qilib, shaxsiyatiga tekkan vaqtida X.T.,ni bir musht bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Fuqaro X.T., olgan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, X.T., “og‘ir” tan jarohatlari olgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va D.P.,ga nisbatan ayblov e’lon qilinib, tegishli ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!