Andijonda 17 nafar huquqbuzar tadbirkorga nisbatan 6 million so‘mga yaqin jarima qo‘llanildi

Andijonda 17 nafar huquqbuzar tadbirkorga nisbatan 6 million so‘mga yaqin jarima qo‘llanildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ishchi guruhi tomonidan Andijon shahrida ekologik holatni o‘rganish maqsadida tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Nazorat tadbirlari davomida Andijonning eski shahar va yangi shahar markaziy dehqon bozorlari hududida hamda ushbu bozorlarga tutash bo‘lgan: Oltinko‘l, Boburshoh va O‘zbekiston markaziy ko‘chalari holati o‘rganildi.

Jarayonda respublika ishchi guruhi boshchiligida Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi nazorat inspeksiya, Milliy Gvardiya hamda Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etib, bir qator ekologik huquqbuzarlik holatlariga aniqlik kiritildi.

Jumladan, yuqorida ko‘rsatilgan savdo ob’ektlari hududi va unga tutash markaziy ko‘chalarda joylashgan rastalar va do‘konlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yon-atrofi nazorat qilinganda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun 17 nafar huquqbuzar tadbirkorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91¹-moddasiga ko‘ra jami 5 mln. 780 ming so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanilib, bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shu qatorda, ekologik reyd tadbirlari doirasida fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

Xususan, bozor ma’muriyatlariga hudud atrofdagi tartibsiz ahvolga keltirilgan maishiy chiqindilarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ogohlantirishlar berildi. Hududga mas’ul sanitar tozalash korxonasi bilan shartnomalar tuzilib, bozor hududiga 7 ta maxsus chiqindi tashlash qutilari o‘rnatildi.

Bu kabi kuchaytirilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!