Anchelotti yangi avlod murabbiylarining asosiy xatosi nimada ekanligini aytdi

Anchelotti yangi avlod murabbiylarining asosiy xatosi nimada ekanligini aytdi

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining fikricha, futbolchilarni taktik o‘yinlar bilan ortiqcha chalg‘itmaslik kerak.

Italiyalik mutaxassis o‘zining jamoa ehtiyojlariga moslasha olishi va yulduz futbolchilarni qattiq taktik asosga majburlamasdan foydalanish qobiliyati bilan mashhur. Anchelottiga ko‘ra, ko‘plab zamonaviy murabbiylar bu jihatga e’tibor bermaydilar.

"Yangi avlod murabbiylarining xatosi shundaki, ular o‘yinchilarni to‘p bilan o‘ynash bo‘yicha ortiqcha ma’lumot bilan chalg‘itishadi. Bu ijodkorlikni cheklaydi.

To‘psiz o‘ynash haqida gapirganda, bu bitta narsa - bu yerda o‘yinchilarga munosabat kerak, chunki biz jamoaviy o‘zaro ta’sir, fidoyilik, konsentrasiya haqida gapiramiz. Hujumda hammasi ijrochilarning ijodiga bog‘liq", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Transfer News Live.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!