Aliyev: "Biz bugunoq barcha harakatlarni to‘xtatishga tayyormiz. Faqat..."

Aliyev: "Biz bugunoq barcha harakatlarni to‘xtatishga tayyormiz. Faqat..."

"Biz bugunoq barcha harakatlarni to‘xtatishga tayyormiz. Bu haqda 10 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ham aytib o‘tganman. Tinchlik uchun Armanistonga o‘t ochishni to‘xtatishi kifoya qiladi. Aynan shundan keyin diplomatik harakatlar qiladigan vaqt keladi”, - degan Aliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston tomoni "Fransiya, Rossiya va AQSh tomonidan belgilanadigan bir qator shartlar"ga rozi bo‘lishi kerak. Uning qo‘shimcha qilishicha,  17 yildan beri Armaniston prezidenti bilan Moskva, Parij va Vashingtondagi uchrashuvlar davomida muzokaralar olib borgan. Biroq har safar muzokaralar natijasiz bo‘lib tugagan.

Aliyev intervyusida Turkiya mojaroda harbiy tomondan ishtirok etmasligini va Ozarbayjon hududida birorta ham chet ellik jangchi yo‘qligini aytib o‘tgan. Unga ko‘ra, Fransiya va Rossiya Ozarbayjon tomonida suriyalik jangarilar borligi to‘g‘risidagi gumonlariga isbot topib bera olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!