Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud o‘z yakuniga yetdi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
A.Tursunboyevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi a, v bandlari bilan ish haqi 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi ham tayinlandi.
Ma’lumot uchun: 2018 yil 21 fevralda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi (faoliyat bilan lisenziyasiz shug‘ullanish), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 211-moddasi (pora berish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblangan Ahmadjon Tursunboyev, Olmos Qo‘chqorov, Izzatila Ibrohimov, Murodjon Tursunboyev, Oybek Tursunboyev, Azizjon Turdiyev va Rashid Ismoilovlarga nisbatan sud hukmi e’lon qilingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi 7 nafar sudlanuvchini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha aybdor deb topgan va Ahmadjon Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 13 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so‘m) jarima jazosi, Olmos Qo‘chqorovga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so‘m) jarima jazosi, Izzatila Ibrohimovga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so‘m) jarima jazosi, Murodjon Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so‘m) jarima jazosi, Oybek Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so‘m) jarima jazosi, Azizjon Turdiyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so‘m) jarima jazosi va Rashid Ismoilovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so‘m) jarima jazosi tayinlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.