Afsonaviy rejissyor kino olamini tark etdi

Afsonaviy rejissyor kino olamini tark etdi

Fransiyalik rejissyor Jan-Lyuk Godar kinodan ketishga qaror qildi. 90 yoshli kinorejissyor bu haqda videokonferensiyada aytib o‘tdi.

Godarning so‘zlariga ko‘ra, karyerasi tugashidan oldin, boshlab qo‘ygan so‘nggi ikkita filmining suratga olish ishlarini yakunlaydi.

Kartinalar «Qiziqarli urushlar» va «Ssenariy» deb nomlangan.

Jan-Lyuk Godar - «So‘nggi nafasda», «Nafrat», «Alfavil», «Telba Pyero» va boshqa filmlarning muallifi, shuningdek, «Oskar» va «Sezar» mukofotlari sohibi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!