Afrika laboratoriyasi: Farmasevtika kompaniyalari klinik sinovlarni nega shu yerda o‘tkazishadi?

A A A
Afrika laboratoriyasi: Farmasevtika kompaniyalari klinik sinovlarni nega shu yerda o‘tkazishadi?

2020 yilning ilk oyidan e’tiboran yangi turdagi koronavirus dunyo kun tartibiga chiqdi. Mazkur jarayondagi eng diqqatga sazovor jihatlardan biri uzoq yillar davomida taniqli farmasevtika kompaniyalarining yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishdan avval ilk klinik sinovlarni Afrika mamlakatlarida o‘tkazayotgani haqidagi ma’lumotlardir. Eng ko‘p tanqid qilinayotgan masala esa ushbu dorilarning Afrikada sinab ko‘rilgach, afrikaliklar uchun emas, balki boshqa qit’alarda yashaydigan odamlar uchun qo‘llanishidir.

Sovuq urush davri tugagach, ko‘plab salbiy munosabatlarga qarshi o‘laroq, ba’zi qarorlar qabul qilindi. Dastlab Nyurnbergda tibbiyot sohasidagi ilk etika qo‘mitalari tashkil etildi. Undan keyin 1964 yilda Helsinki va 1981 yilda Filippin poytaxti Manilada bayonotlar qabul qilindi. Ushbu axloq qo‘mitalari vaqt o‘tishi bilan boshqa mamlakatlar tomonidan ham tan olindi. Mazkur kengashlar umumiy qabul qilingan tamoyillar asosida faoliyat yuritadi va ushbu tamoyillarga mos bo‘lmagan vaziyat yuzaga kelsa, zaruriy choralari amalga oshiradi. Biroq shunga qaramay zarur laboratoriya va tadqiq imkoniyatlari cheklangan Afrika mamlakatlari hanuz yirik xalqaro farmasevtika kompaniyalari uchun laboratoriya vazifasini o‘tab kelmoqda. So‘nggi yarim asr davomida ko‘plab dorilarning klinik sinovlari shu yerda o‘tkazilgani ham bu fikrning dalilidir.

Ta’kidlash joizki, yuqumli kasalliklar bo‘yicha olib borilgan sinovlar natijasida yetkazilgan zarar jiddiy kompensasiyani talab qiladigan darajada edi. Ustiga ustak, bemorlarning ko‘pchiligi terapevtik maqsadlarda ishlatiladigan ushbu dorilar haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasdi. Boshqacha qilib aytganda, Skandinaviya mamlakatlarida odamlar ko‘ngilli bo‘lishga rozi esa-da, qandaydir kutilmagan vaziyat yuzaga kelsa, o‘z huquqlarini talab qila olishardi. Afrikada esa bunday emas – fransuz tili rasmiy davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda sinovdan o‘tkazilajak dorilar haqida ingliz tilida ma’lumot berilardi. Eng yomoni, bemor sinov bosqichidagi bunday dorilar o‘zida qo‘llanishini bir imtiyoz sifatida qabul qilardi.

Afrikadan laboratoriya sifatida foydalanishga oid OAVda e’lon qilingan xabarlar, maqolalar va kitoblar ushbu amaliyotga qarshi jiddiy reaksiyalarga sabab bo‘lmoqda. Qit’aning laboratoriya, u yerda yashovchilarning esa «tajriba quyonchasi» emasligi haqidagi e’tirozlar ham har tarafdan aks-sado bermoqda. Endilikda afrikaliklar yevropalik yoki amerikaliklar uchun ishlab chiqarilgan va asosan ularning sog‘ligi yo‘lida qo‘llanishi ko‘zda tutilgan dorilarning ilk bosqichda nega yevropalik va amerikaliklarda sinovdan o‘tkazilmayotgani haqida e’tiroz bildirmoqdalar.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, bugungi kunda Shveysariyaning eng yaxshi 10ta farmasevtika kompaniyasi 500 milliard yevro savdo aylanmasi bilan dunyo dori-darmon sanoatining 40 foizidan ko‘prog‘iga egalik qiladi. Dunyo farmasevtika mahsulotlarining 54 foizi Shimoliy va Janubiy Amerikada (AQSh 47,5 foiz, Lotin Amerikasi 4,4 foiz, Kanada 2,1 foiz), qolgan 23,2 foizi Yevropa mamlakatlarida, 22,5 foizi esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ishlab chiqariladi. Yaqin Sharq mamlakatlari esa 2 foiz ulushga ega. Afrikadagi 54 mamlakatining umumiy ulushi esa juda past ko‘rsatkichni – atigi 0,5 foizni tashkil etadi. Shu bois afrikaliklar o‘z qit’alarining ishlab chiqaruvchi emas, iste’molchi ekanini, qolaversa, yangi dori ishlab chiqarishda o‘zlarining tajriba vositasi ekanliklarini hazm qila olishmayapti.

So‘nggi paytlarda koronavirusga qarshi kurash doirasida ishlab chiqarilgan yangi dori va vaksinalarning afrikaliklar ustida sinovdan o‘tkazilayotgani haqida uzunquloq gaplar paydo bo‘lmoqda. Bu esa keyingi sinov amaliyotlari ham afrikaliklar ustida hech qanday ogohlantirishsiz o‘tkaziladi, degan fikrning keng yoyilishiga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, Afrikaning klinik sinovlar laboratoriyasi, bu yerdagi odamlar esa «tajriba quyonchasi»ga aylantirilishi faqat farmasevtika sanoati uchungina xosmi? Yo‘q. Bu yerda ochilgan har bir sektorning yetakchi investorida shunga o‘xshash niyat bor. Masalan, tog‘-kon sanoatida ishlaydiganlar uchun ushbu jug‘rofiy maydon go‘yo bir boshlang‘ich maktab vazifasini o‘taydi. Davlat muassasalari ham eng tajribasiz xodimlarini Afrika mamlakatlarida ish bilan ta’minlaydi.

Albatta, bu «surgun yeri»ga hech kim o‘z xohishi bilan kelmasligi aniq. Garchi Afrikaga xizmat vazifasi bilan jo‘natilish salbiy hol bo‘lib tuyulsa-da, aksariyat odamlar qit’aning eng chekka qismiga borganlaridan biroz vaqt o‘tgach, bu yerda yashashdan zavq tuya boshlaydilar. Hatto keyinchalik gullab-yashnagan Yevropa mamlakatlariga qaytganlarida o‘zlarini qandaydir yolg‘izlik domiga tushib qolganday his qilishadi.

Albatta, Afrika laboratoriya ekani haqidagi fikrga hamma ham birday qo‘shilavermaydi. Ehtimol, buni bir bor Afrikaga borgan kishining u yerda doimiy yashash istagiga tushib qolishi, o‘zini tabiiy muhit qo‘ynida his etishi bilan izohlash mumkindir. Yana kim bilsin. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.