Abituriyentning pasporti yo‘qolgan bo‘lsa, imtihonga qanday kiradi? 

Abituriyentning pasporti yo‘qolgan bo‘lsa, imtihonga qanday kiradi? 

Ushbu savol yuzasidan O‘zA muxbiri Davlat test markazi matbuot xizmati bilan bog‘landi hamda vaziyatga oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, yo‘qolgan yoki hujjat olishi kerak bo‘lgan abituriyentlar o‘z hududidagi IIVning migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (xalq tilida - pasport stol) murojaat qilishi kerak. Mas’ul tashkilotlar pandemiya davri bo‘lishiga qaramasdan faoliyatini muntazam davom ettirmoqda. Test o‘tkazish jarayonlarida IIV ham mas’ul tashkilotlardan biri hisoblanadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat borasidagi muammolarni ular bartaraf etishga ko‘maklashadi.

– Ammo imtihonga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ya’ni pasport bilan borish shart, – deydi DTM bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov.

Bundan xulosa qilish mumkinki, pasportini yo‘qotgan abituriyentlar zudlikda yangi pasport olish uchun ariza berishlari lozim. Boshqa abituriyentlar esa test kunlari yaqinlashayotgani hisobiga shaxsiy hujjatlariga e’tiborliroq bo‘lishlari va ehtiyotkorlikni oshirishlari maqsadga muvofiq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!