Abdulla Aripov Dmitriy Medvedevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedovni tug‘ilgan kuni bilan qutladi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevni Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bosh vazirlari Sergey Rumas, Bakitjan Sagintayev, Muhammadqaliy Abilgaziyev va Abdulla Aripov tabrikladi», — deyiladi xabarda.

Hukumat rahbarlarining muloqoti chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari tilga olindi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va MDH doirasida rejalashtirilayotgan uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Dmitriy Medvedev 14 sentyabr kuni 53 yoshga to‘ldi.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!