Abbosbek Fayzullayev – Osiyo kubogi-2023ning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogar

Abbosbek Fayzullayev – Osiyo kubogi-2023ning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogar

Osiyo kubogi-2023 turniridan keyin OFK rasmiy sayti musobaqaning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘lish uchun da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev ushbu nominasiyada nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. 20 yoshli yarimhimoyachi Qatardagi turnir guruh bosqichida Hindiston (3:0) va nimchorakfinalda Tailand (2:1) darvozasiga gol urgan va O‘zbekistonning chorakfinalga qadar yetib kelishiga hissa qo‘shgandi.

Abbosbekdan tashqari, sovrin uchun Ali Jassim (Iroq), Li Kan In (J.Koreya, «PSJ»), Ali Olvan (Iordaniya), Takefusa Kubo (Yaponiya), Jordan Bos (Avstraliya), Abdulla Radif (S.Arabistoni), Marselino Ferdinan (Indoneziya), Sulton Odil (BAA) va Orif Ayman (Malayziya) da’vogarlar qatoriga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!