872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilinganligi aniqlandi

872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilinganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan “Qoraqalpoqagrokimyohimoya” AJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, jamiyatning Beruniy tumani filiali mansabdor shaxslari mansab mavqeini suiiste’mol qilib, “Markaziy” mineral o‘g‘itlari tarqatish shahobchasiga kirim qilinib, o‘zlariga ishonib topshirilgan qiymati 872,4 mln so‘mlik 446,9 tonna mineral o‘g‘itlarini o‘z manfaatlariga ishlatib, o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!