8 ming dollar evaziga DXXga ishga joylashtirib qo‘yishga va’da bergan soxta polkovnik ushlandi

8 ming dollar evaziga DXXga ishga joylashtirib qo‘yishga va’da bergan soxta polkovnik ushlandi

DXX xodimlari Mudofaa Vazirligining soxta guvohnomasiga ega “polkovnik”ni qo‘lga olishdi.

O‘zAning xabar berishicha, firibgar mahalliy fuqaroga o‘zini Mudofaa Vazirligining maxsus operasiyalar bo‘limidan polkovnik Jabborov Maxmaraim Salomovich, deb tanishtirib, uni kelgusida Davlat xavfsizlik xizmati idoralariga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, undan evaziga 8 ming AQSh dollari so‘ragan.

 

Fuqaro Qamashi tumani Iftixor ko‘chasida joylashgan “Hunarmand” oshxonasida yuqorida qayd etilgan 8 ming AQSh dollaridan 4 mingini olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Tezkor tadbir davomida uning yonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus operasiyalar bo‘limi, polkovnik Jabborov Mahmaraim Salomovich nomiga soxta ma’lumotlar bilan yozilgan qalbaki xizmat guvohnomasi topilgan.

 

Bundan tashqari, o‘zini DXX xodimi deya tanishtirib, odamlar ishonchiga kirgan va hokimiyat idoralari bilan bog‘liq muammolarini hal qilib berish evaziga tovlamachilik qilib, ularning pulini olish bilan shug‘ullangan Xiva shahrida yashovchi 39 yoshli Dilshod Ro‘zmetovning ham noqonuniy xatti-harakatlariga ham chek qo‘yilgan.

 

Aniqlanishicha Dilshod Ro‘zmetov bir necha fuqaroga yer uchastkalari ajratib berilishida yordamlashishni va’da qilib, ulardan jami 100 ming dollardan ortiq miqdorda pul olgan.

 

Xozirda Mahmaraim Jabborov hamda Dilshod Ro‘zmetovga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uznews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!