8,3 mln nafar “yoshlar balansi”ni shakllantirish orqali kasb-hunar va chet tillariga o‘qitildi

8,3 mln nafar “yoshlar balansi”ni shakllantirish orqali kasb-hunar va chet tillariga o‘qitildi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 9 452 ta mahallada 8,3 mln nafar “yoshlar balansi”ni shakllantirish orqali kasb-hunar va chet tillariga o‘qitildi, bandligi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ta’minlandi.

AOKAda Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida amalga oshirilgan ishlar, tegishli dasturlar ijrosi haqida ma’lumot berildi:

🔵Jumladan, davlat idoralarining 7 963 nafar rahbariga alohida ishlash talab etiladigan 123 281 nafar yoshlar nomma-nom biriktirilib, bugungi kunda rahbarlar tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va ularning 81 163 nafariga turli ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatildi.

🔵Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 18 105 nafar xodimiga 4 mln yoshlar otaliqqa berilib, ular bilan ishlash uchun 1 372 nafar mas’uldan iborat muvofiqlashtiruvchi shtablar tashkil etildi va doimiy monitoring qilish bo‘yicha “yoshlar.ijro.uz” yagona elektron platformasi ishga tushirildi.

🔵156 ming nafar yoshlarga dehqonchilik qilishi uchun “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan 60 ming gektar unumdor yer maydonlarini ajratish ishlari boshlandi hamda Respublika komissiyasi va Davlat xavfsizligi xizmati nazorati ostida yerdan unumli foydalanish tashkil etilmoqda.

🔵Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 9 ming nafar yoshga imtiyozli kredit ajratildi, 22 ming nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qitilib, bandligi ta’minlandi.

🔵Yoshlarni xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali yuqori daromadli faoliyatga jalb etish maqsadida “Kelajak kasblari” loyihasida 18,6 ming yoshlarning o‘quv markazlardagi kurs xarajatlari to‘lab berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!