55 nafar talaba ta’lim granti sertifikatiga ega bo‘ldi

55 nafar talaba ta’lim granti sertifikatiga ega bo‘ldi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 55 nafar talaba uchun 800 million so‘mlik ramziy sertifikat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshirildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Toshkent shahar Yoshlar markazida “Ittifoq ta’lim granti” sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha doirasida oliy ta’limning kunduzgi ta’limda to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin yetim, nogiron, mehribonlik uyida tarbiyalangan, umuman olganda, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar qo‘llab-quvvatlanib kelmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 800 million so‘mlik ramziy sertifikati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshirildi. Joriy yil 55 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar ta’lim granti sertifikati va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldi.
Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!