3 milliard dollarlik korrupsiya jinoyati bo‘yicha 32 kishini hibsga olindi

3 milliard dollarlik korrupsiya jinoyati bo‘yicha 32 kishini hibsga olindi

Saudiya Arabistonida 32 kishi korrupsiya bo‘yicha hibsga olindi. Ularga 11,6 milliard riyol (3,07 milliard dollar) miqdorida pora olish va Qirollikdan tashqariga naqd pul o‘tkazish bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilmoqda. Bu haqda Nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi hisoblanuvchi “Nazaxa” 27 yanvar kuni xabar bergan.

“Nazaxa”ning ma’lum qilishicha, Saudiya hukumati  bank xodimlariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ular ishbilarmonlardan iborat “uyushgan jinoiy guruh”dan pora olib,noma’lum manbalardagi naqd pullarni depozitga qo‘yib, keyin ularni Qirollik tashqarisiga o‘tkazib berishgan.

Besh nafar fuqaro 9,78 million riyol (2,61 million dollar) depozit uchun bankka ketayotgan paytda hibsga olingan. Bundan tashqari, 7 nafar ishbilarmon, 12 nafar bank xodimi, 5 nafar fuqaro, 2 ta chet el fuqarosi va polisiya bo‘limi xodimi “pora olish, qalbakilashtirish va o‘z mansab vakolatidan foydalanib, noqonuniy moliyaviy daromad olish, tijorat maqsadlarida pulni yashirish va jinoiy daromadlarni legallashtirishga aloqadorligi uchun hibsga olingan”. Ammo,jinoyatchilarning ism-shariflari va bu holat haqidagi boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

Saudiya Arabistoni o‘tgan uch yil ichida korrupsiyaga qarshi jiddiy kurash olib borib, mamlakat byudjetiga yetkazilgan milliardlab dollarlarni qaytardi. Qirollik oilasidagi jinoyatchilar ham jazodan quruq qolishmadi. Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon o‘tgan yilning noyabr oyida Qirollik korrupsiyaga qarshi “kuchli va ayovsiz” kurashni  davom ettirishini alohida ta’kidlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!