2026 yilga qadar «yashil» energiya manbalari ulushi 25 foizga yetkaziladi

2026 yilga qadar «yashil» energiya manbalari ulushi 25 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2026 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 25 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Natijada 3 milliard kubometr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.

Shu maqsadda ayni paytda mamlakatda umumiy quvvati 6540 megavattga teng bo‘lgan 18 ta quyosh fotoelektr stansiyasi, quvvati 5200 megavattga teng bo‘lgan 12 ta shamol elektr stansiyasi, quvvati 600 megavattli 1 ta gibrid elektr stansiyasi hamda 1050 megavatt quvvatga ega 9 ta elektr energiyasi saqlash tizimini qurish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Umumiy quvvati 1,5 gigavatt bo‘lgan stansiya 2 million 190 ming xo‘jalikni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!