2022 yilda o‘zbekistonliklar qancha kredit olgani ma’lum bo‘ldi

2022 yilda o‘zbekistonliklar qancha kredit olgani ma’lum bo‘ldi

Banklar tomonidan 2022 yil davomida 203 trln so‘m miqdorida yoki o‘tgan yilga nisbatan 22 foiz ortiq kreditlar ajratilgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur kreditlarning 68 foizi (137,8 trln so‘m) korporativ va 32 foizi (65,3 trln so‘m) aholiga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, ajratilgan kreditlarning 31 foizi qisqa muddatli va 69 foizi uzoq muddatli, valyutalar qirqimida esa 65 foiz kreditlar milliy valyutada va 35 foiz xorijiy valyutadagi kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kredit portfelining 2022 yilda o‘sishi milliy valyutada 25 foizni tashkil etgan bo‘lsa, xorijiy valyutadagi kredit portfeli 14 foizga o‘sgan.

Aholiga ajratilgan kreditlar tarkibida avtokreditlar 10,9 trln so‘mga (2021 yilga nisbatan 2 barobarga), ipoteka kreditlari 10,6 trln so‘m (30 foizga) va mikroqarzlar 6,2 trln so‘mga (1,7 barobarga) o‘sgan.

Mazkur davrda tijorat banklari tomonidan 136 trln so‘mlik kreditlar so‘ndirilgan bo‘lib, qaytuvchanlik darajasi 67 foizni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!