2021 yildan madaniyat ob’ektlarining bo‘sh turgan maydonlari tadbirkorlarga beriladi – Nazarbekov

2021 yildan madaniyat ob’ektlarining bo‘sh turgan maydonlari tadbirkorlarga beriladi – Nazarbekov

2021 yildan madaniyat ob’ektlarining bo‘sh turgan maydonlari tadbirkorlarga beriladi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Senat majlisida ma’lum qildi, deb yozadi "gazeta.uz"

«Deylik bir hududda madaniyat markazi yarim gektar maydonning 15-20 sotix joyini band qilib turibdi. Markazni o‘sha hududni saqlab turishga ortiqcha mablag‘i yo‘q. Shuni tadbirkorga bersak, hokimiyat balansiga o‘tkazish, hokim qarori kabi juda ko‘p byurokratik holatlar bor», – dedi vazir.

Shu kabi muammolar yechimi sifatida hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. «Boshqa tashkilotlar bilan kelishib bo‘lganmiz, faqat Vazirlar Mahkamasi xulosasini kutyapmiz. 2021 yildan buni jadal amalga oshiramiz», – dedi Nazarbekov.

Vazir hozirgacha beshta madaniyat va istirohat bog‘i tadbirkorlarga berilgani, 15 dan ortiq madaniyat markazlari bo‘yicha shartnomalar imzolanganini aytdi. O‘tgan 10 yilda hokimlar qaror chiqarib, bog‘larni tadbirkorlarga bo‘lib bergani, bundan vazirlik bexabar ekanligi qo‘shimcha qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!