2018 yilda O‘zbekiston aholisi qaysi kasalliklardan vafot etgani ma’lum bo‘ldi

2018 yilda O‘zbekiston aholisi qaysi kasalliklardan vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi o‘tgan yilda O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan kasalliklar haqida ma’lumot berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning yanvar-dekabr holati bo‘yicha O‘zbekistonda 154,7 ming kishining o‘limi qayd etilgan.

Vafot etganlarning 60,3 foizi qon aylanish tizim kasalliklaridan, 9,7 foizi turli o‘simtalardan, 6,5 foizi baxtsiz hodisalardan, 5,6 foizi ovqat hazm qilish a’zolaridan, 4 foizi nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,5 foizi infeksion kasalliklardan va qolgan 12,4 foizi boshqa kasalliklar sabab vafot etgan.

Ular orasida 7,5 ming nafari bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar bo‘lgan. Bolalarning 60,5 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,8 foizi nafas olish a’zolaridagi nuqsonlardan, 11,7 foizi tug‘ma anomaliyadan, 2,5 foizi infeksion kasalliklardan, 2,3 foizi baxtsiz hodisalardan, 0,7 foizi ovqat hazm qilish a’zolaridan, 5,5 foizi boshqa kasalliklardan vafot etishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!