19 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

19 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin 5 oktyabr kuni "Rossiya Federasiyasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida"gi farmonini imzoladi. Hujjat huquqiy axborot rasmiy internet portalida joylashtirildi.

Unga ko‘ra, umumiy tartibda (yashash guvohnomasi (VNJ) asosida Rossiya hududida 5 yil yashagan) 137 nafar kishi Rossiya Federasiyasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston hududida tug‘ilgan 19 kishiga Rossiya fuqaroligi berildi.

Shuningdek, AQSH, Afg‘oniston, Armaniston, Argentina, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Belarus, Vyetnam, Germaniya, Gruziya, Irlandiya, Kuba, Moldaviya, Ozarbayjon, Turkiya, Tojikiston, Suriya, Serbiya, Ukraina, Fransiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda tug‘ilgan kishilar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!