15 iyundan Respublika umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul boshlanadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi.
📥 Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi. Jarayon 2 bosqichda bo‘ladi:
🔹Birinchi bosqichda ota-onalar 2021 yilning 15 iyunidan 5 iyuliga qadar my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydilar.
✔️Bunda ota-onalarga 3 ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi. Birinchi maktab-ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, ya’ni yashash manzili biriktirilgan mikrohududdagi maktab;
✔️Ikkinchi va uchinchi maktablar - ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnashi uchun qulay bo‘lgan maktablar.
🔹Ikkinchi bosqichda 2021 yilning 6 iyulidan 31 iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinchi maktabga, ya’ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradilar, bunda hujjatlarni topshirish to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylashishlari kafolatlanadi.
⚠️ Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan bo‘lsa, ya’ni elektron ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi.
🏫Qolgan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)lari) umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktabda amalga oshiriladi.
📍Qabul an’anaviy shaklda amalga oshiriladigan hududlarda ota-onalar bevosita 2021 yilning 15 iyundan -15 iyulga qadar doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarini 1-sinfga joylashtrish uchun hujjatlarini topshirishlari mumkin.
🌀Shuningdek, 16 iyuldan - 15 avgustga qadar ota-onalarga ixtiyoriy tanlov asosida boshqa maktablarga, ya’ni mikrohududiga kirmasa ham bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, farzandlarini 1-sinfga qabul qilish uchun boshqa maktabga hujjatlarini topshirish imkoniyati beriladi.
📢Eslatib o‘tamiz, “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasiga asosan yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi (2014 yil 1 yanvaridan 31 dekabrigacha tug‘ilgan bolalar).
Mazkur qonun talablari boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ya’ni nodavlat xususiy barcha ta’lim muassasalari uchun ham majburiydir.
🚧 Umumta’lim maktablariga biriktiriladigan mikrohududlar mahallalarning joylashuvi va aholining demografik o‘sishini inobatga olgan holda tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida belgilanadi.
🔘Hududlarda yangi uy-joylarning qurilishi yoki ma’muriy hududiy chegaralarning o‘zgarishi sababli tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim maktablariga biriktirilgan mikrohududlar qayta o‘zgartirilishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
"Бу тарихдаги энг катта қарз оширилиши бўлиб, Американи тўғридан-тўғри иқтисодий ҳалокат йўлига олиб чиқади", — деб ёзди Маск ижтимоий тармоқдаги саҳифасида
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.