124 haydovchining ketma-ket qoida buzishiga nima sabab?

124 haydovchining ketma-ket qoida buzishiga nima sabab?

Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo‘lovchi tashish faoliyatida harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida 2018 yil davomida amalga oshirilgan ishlari tahlil qilingandi.

O‘zA ning yozishicha, tahlil natijalariga ko‘ra, olib borilgan targ‘ibot suhbatlari, o‘tkazilayotgan reydlar va amaldagi talablarga rioya qilish lozimligi bir necha bor tushuntirilishiga qaramasdan ayrim yuridik shaxslar tomonidan ichki tartib-intizomga rioya etilmagani va mas’ul xodimlarning beparvoligi aniqlandi. Oqibatda bir yil davomida 124 nafar haydovchi tomonidan ketma-ket ravishda qoidabuzarliklar sodir etish holatlari qayd etilgan.

Jumladan, Chirchiq shahridagi Chirchiq avtobus saroyi MCHJ haydovchisi SH.Yo‘ldoshev tomonidan 10, Chirchiq shahridagi 15-son Chirchiq avtobus saroyi MCHJ haydovchisi I.Qashqirov tomonidan 8, Parkent tumanidagi Parkent Ravon Yo‘l MCHJ haydovchisi I.Sultonov tomonidan 6, ushbu jamiyat haydovchilari B.Nasrullayev tomonidan 7, O.Yunusov tomonidan 8, Toshkent tumanidagi Mustang Global Servis MCHJ haydovchisi B.Asqarov tomonidan 7, Bo‘stonliq tumanidagi Ozodbek Sarbon Trans MCHJ haydovchisi X.Yoqubov tomonidan 14, Oqqo‘rg‘on tumanidagi Nigina avto MCHJ haydovchisi SH.Ibragimov tomonidan 8, Piskent tumanidagi Piskent Trans Biznes MCHJ haydovchisi A.Xudoyberdiyev tomonidan esa 9 marotaba yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etilgan.

Haydovchilarni tegishli hujjatlarsiz yoki texnik nosoz holda bo‘lgan transport vositalarida yo‘nalishga chiqargan 42 nafar mas’ul shaxsga ham ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Jumladan, Piskent tumanidagi Piskent Trans Biznes MCHJ mas’ul xodimi I.Fayziyev, Olmaliq shahridagi Olmaliq Isuzu Trans MCHJ haydovchisi B.Abduqodirov, Angren shahridagi Angren Servis MCHJ mas’ul xodimi A.G‘aniyevlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan choralar ko‘rilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!