10 aprelgacha O‘zbekistonga qaytishni istamaganlar fuqarolikdan mahrum qilinishi rostmi?

10 aprelgacha O‘zbekistonga qaytishni istamaganlar fuqarolikdan mahrum qilinishi rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlar O‘zbekiston Prezidenti 31 mart kuni yig‘ilish o‘tkazgani va barcha fuqarolarni 10 aprelga qadar vatanga qaytarish to‘g‘risida farmon imzolagani, vatanga qaytishni istamaganlar O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan  Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati axborot berdi.

Vazirlik axborotida ta’kidlanishicha, Tashqi ishlar vazirligiga, chet eldagi, ayniqsa qo‘shni mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarimizga ham shu mavzuda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Davlatimiz rahbari, Hukumat, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan fuqarolarimizning kundalik hayoti bilan bog‘liq barcha muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar jamoatchilikka rasmiy axborot resurslari orqali yetkaziladi.

Vazirlik axborotida, shuningdek, Ijtimoiy mediada tarqalayotgan bunday xabarlar  hech bir rasmiy manbalarda e’lon qilinmagani sababli haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilingan.

“Fuqarolarimizdan asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini, ijtimoiy tarmoqlardagi biror ma’lumotni bo‘lishishdan oldin uni rasmiy manbalar orqali tekshirib ko‘rishlarini so‘raymiz”, - deyiladi matbuot xizmati materialida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!