1 yanvardan transportdan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning yagona guvohnomalari o‘z kuchida qoladi

1 yanvardan transportdan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning yagona guvohnomalari o‘z kuchida qoladi

Shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning yagona guvohnomalari 1 yanvardan o‘z kuchida qoladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Shahar yo‘lovchi transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning yagona guvohnomalari 2021 yilning 1 yanvardan o‘z kuchida qoladi. Ya’ni, mazkur guvohnomalar 2021 yilning 1 yanvaridan elektron shaklga o‘tkazilmaydi”, - deyiladi xabarda.

  • Shahar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, quyidagi shaxslar shahar yo‘lovchi transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega:
  • 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
  • 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
  • 1941–1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
  • Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
  • haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
  • ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.

Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga guvohnoma berilmaydi. Ular harbiy guvohnomasi yoki kontrakt asosida xizmat qiluvchining shaxsiy guvohnomasini ko‘rsatgan taqdirda shahar yo‘lovchi transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqidan foydalanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!