Shimoliy Atlantika alyansi har yili sammit o‘tkazish amaliyotini to‘xtatishni ko‘rib chiqmoqda. Agentlikning oltita manbasiga ko‘ra, bu qaror Donald Tramp prezidentlik muddatining so‘nggi yilida u bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli uchrashuvlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Tramp ma’muriyati alyans a’zolarini mudofaa xarajatlari kamligi va Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi amaliyotlarida yetarlicha yordam bermayotgani uchun bir necha bor keskin tanqid qilgan edi. Shu sababli, ba’zi diplomatlar sammitlarni ikki yilda bir marta o‘tkazishni taklif qilmoqda.
Rejaga ko‘ra, 2027 yilgi Albaniya sammiti kuzga surilishi, 2028 yilda esa Qo‘shma Shtatlardagi saylovlar va Trampning faoliyatidagi oxirgi muddatini inobatga olib, umuman sammit o‘tkazilmasligi mumkin.
Tahlilchilarning fikricha, uchrashuvlar sonini kamaytirish alyansga "shov-shuvli" bayonotlarga chalg‘imasdan, diqqatni asosiy xavfsizlik masalalariga qaratish imkonini beradi. Yakuniy qarorni esa NATO Bosh kotibi Mark Ryutte qabul qilishi kutilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.
АҚШ Президенти Дональд Трамп Россия етакчиси Владимир Путин билан бўлиб ўтган суҳбат якунларига кўра, Украина ҳарбий жиҳатдан мағлубиятга учраганини маълум қилди.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.