Turkiyaning Izmir shahrida ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatidan tushib ketgan 22 yoshli o‘zbekistonlik Sevdora Hakimjonova shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Hodisa yuzasidan hozirda Bosh konsulxona hamda O‘zbekiston Migrasiya agentligi marhumaning jasadini vatanga qaytarish bo‘yicha zarur tashkiliy ishlar olib bormoqda. Jasad 2026 yilning 23 mart kuni “Istanbul-Andijon” reysi orqali O‘zbekistonga yuborildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hakimjonova Turkiya fuqarosi bilan imom nikohi asosida turmush qurgan, lekin bu nikoh rasmiy tartibda qayd etilmagan. Turmush o‘rtog‘i ham uning kabi eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxs hisoblanadi. Keyinchalik ular Izmirda kuyovning yaqin qarindoshlari bilan bir xonadonda yashab kelgan.
Hozirda Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. To‘plangan materiallar tegishli tartibda prokuratura organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.