Chirchiqda maktab o‘quvchilari muntazam majburan ishlatib kelinayotgani aniqlandi (VIDEO)

Chirchiqda maktab o‘quvchilari muntazam majburan ishlatib kelinayotgani aniqlandi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqda “Murojaat yo‘llashlaricha, Yuqori Chirchiq tumani 23-maktab rahbariyati o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishmoqda ekan” mazmunidagi xabar (https://t.me/MILITSIYA_UZB/46285) bo‘yicha Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mexnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Natijaga ko‘ra sinf rahbari tomonidan o‘quvchilar haqiqatdan ham 2021 yilning 15 noyabr kuni dars vaqtida maktabning xovlisini va tashqari hududini majburiy tarzda ishlatilganligi aniqlandi. Shuningdek, bu kabi holat haftasiga ko‘p marotaba takrorlanib kelayotganligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mexnat inspeksiyasi tomonidan Voyaga yetmaganlarning mehnatidan ma’muriy tarzda majburlash yo‘li bilan foydalanganligi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 1482-moddasiga asosan konuniy chora kurishlik uchun, Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!