Zominga“Airbus A 320” havo kemasi ham qatnay boshlaydi

Zominga“Airbus A 320” havo kemasi ham qatnay boshlaydi

II xalqaro maqom san’ati anjumani oldidan Jizzax viloyatining Zomin tumanida o‘tgan yili faoliyatini boshlagan aeroportga “Uzbekistan airways” aviakompaniyasining “Airbus A 320” rusumidagi havo kemasi ilk texnik parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 26 oktyabrdagi “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tumandagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Zomin aeroportida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, bugunga kelib aeroportda o‘rta magistral samolyotlarni qabul qilish imkoniyati to‘laligicha yaratildi.

Zomin aeroporti o‘tgan 2023 yilda foydalanishga topshirilgan va shu vaqtgacha “Let L-410” rusumidagi kichik havo kemalarida “Toshkent – Zomin Samarqand” hamda “Samarqand – Zomin Toshkent” yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchilarga muvaffaqiyatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, tez orada Zomin aeroportiga “Airbus A 320” rusumidagi o‘rta magistral havo kemalarining muntazam aviaqatnovlari yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!