AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina yangi prezident saylashi kerakligini aytgandi. Uning bu bayonoti Ukrainaning amaldagi rahbari Zelenskiyning siyosiy kelajagi va Ukrainada navbatdagi saylovlar qachon o‘tkazilishi haqidagi munozaralarni yana kuchaytirdi. Newsweek nashri Zelenskiyning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan to‘rt nafar siyosatchini sanab o‘tdi.
Nashr sanab o‘tgan birinchi nomzod – Valeriy Zalujniy. Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, hozirda mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi bo‘lib ishlayotgan Valeriy Zalujniy Zelenskiyning asosiy siyosiy raqibi sifatida ko‘riladi.
Ukrainaning “Reyting” sosiologik guruhi e’lon qilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ehtimoliy prezidentlik saylovida eng ko‘p ovoz to‘plashi mumkin bo‘lgan nomzodlar Zelenskiy va Zalujniydir. So‘rovnoma ishtirokchilarining qariyb 23 foizi amaldagi prezidentga, 20 foizdan ko‘prog‘i, esa sobiq bosh qo‘mondonga ovoz berishini bildirgan.
Biroq Zalujniyga ishonch bildirganlar 64 foizni tashkil etgan. Zelenskiyga ishonishini aytganlar esa 53 foiz bo‘lgan. Zalujniy kelajakda prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkinligi haqidagi ko‘plab taxminlarga qaramay, bu borada ochiq bayonot berishdan tiyilib kelmoqda.
Ikkinchi ehtimoliy nomzod Kirill Budanov. U Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi rahbari sifatida tanilgan. General 2026 yil boshidan buyon Zelenskiy ma’muriyati rahbari lavozimida ishlamoqda. U prezidentlik saylovida qatnashishini aytmagan va siyosiy kelajagi haqidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri savollarga javob berishdan qochib kelmoqda.
Uchinchi taxminiy nomzod Mixaylo Fedorov. Atigi 35 yoshda bo‘lgan Fedorov bir necha yil davomida Ukrainaning dronlar yo‘nalishidagi siyosatiga mas’ul shaxslardan biri va bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2026 yil yanvar oyida esa mudofaa vaziri etib tayinlangan.
Oradan olti oy o‘tib, Zelenskiy, Fedorov va o‘sha paytdagi Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, general Oleksandr Sirskiy o‘rtasidagi keskin kelishmovchiliklar fonida u lavozimidan ozod etilgan.
Zelenskiyning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan navbatdagi shaxs – Petro Poroshenko. Petro Poroshenko 2014–2019 yillarda Ukraina prezidenti bo‘lgan. U bu lavozimni Rossiya Qrimni anneksiya qilgan va Moskva Ukrainaning sharqidagi Donesk hamda Lugansk hududlarida separatistlarni qo‘llab-quvvatlay boshlagan davrda egallagan. Poroshenko 2026 yilda ham Ukraina parlamentidagi muxolifatchi deputat sifatida faoliyat yuritmoqda. U 2019 yilgi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida Zelenskiyga yutqazgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бухоро вилояти ИИБ матбуот хизмати раҳбари Улуғбек Шукурлаев ҳам блогернинг ўзи шаҳарга бормагани, у ерга фақат тасвирга олиш гуруҳи келганини маълум қилди
Ўзбекистонда уч нафар қизи бор оилада яна тўрт нафар ўғил фарзанд дунёга келиши кутилмоқда. Оилада ўғил фарзанд кўришни орзу қилган ота-она учун бу кутилмаган янгилик бўлди.
«Ан-Наср» ва Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду ОФК Чемпионлар лигаси Ғарбий минтақаси 2-туридан ўрин олган «Нефтчи»га қарши учрашувдаги ғалабадан сўнг ўз саҳифасида пост қолдирди.
АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили, шунингдек, Россия ва Украина ўртасидаги урушда ташаббус Москва томонига ўтаётгани ҳақидаги фикрга ҳам қўшилмади.
2026 йил охирига келиб Brent, Dubai Fateh ва WTI, каби нефтнинг энг машҳур навларнинг нархлари 1 баррель учун ўртача 95,74 долларга етади, дейилади Халқаро валюта жамғармаси хабарида.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг айтишича, 12 октябр куни Киевга Россия томонидан баллистик ракеталар билан ҳужум қилинганидан олдин халқаро ҳамкорлардан огоҳлантириш келмаган.
Украина Президенти Владимир Зеленский Россиянинг Яндекс компанияси маълумотлар марказларига берилган зарбалар ижтимоий тармоқлардаги кайфиятга таъсири ҳақида фикр билдирган.