Lionel Messi «Oltin to‘p» taqdirlash marosimiga taklif qilinmagan — Fabrisio Romano
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi «Oltin to‘p» taqdirlash marosimida g‘olibga mukofotni topshirmaydi. Argentinalik futbolchi mazkur vazifani bajarish uchun tashkilotchilar tomonidan taklif etilmagan.
Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli hujumchining taqdirlash marosimida umuman ishtirok etishi ham hozircha tasdiqlanmagan.
Shu bilan birga, Messi joriy yilgi «Oltin to‘p» mukofotiga da’vogar 30 nafar futbolchi ro‘yxatidan joy olgan.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi «Oltin to‘p» taqdirlash marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni London shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bu yilgi tadbir mukofot tarixidagi yubiley — 70-marosim hisoblanadi.
«Oltin to‘p» g‘olibi FIFA reytingidagi eng yuqori 100 ta o‘rinni egallagan mamlakatlarning har biridan bir nafardan tanlangan, jami 100 nafar jurnalist ishtirokidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
