Niderlandiya o‘z yo‘llarini NATO talablariga moslashtirish uchun 9,5 milliard yevro talab qilmoqda
Niderlandiya avtomobil va temir yo‘llarining ko‘plab qismlari og‘ir harbiy texnikani tashish bo‘yicha NATO talablariga javob bermaydi. Transport infratuzilmasini modernizasiya qilish uchun taxminan 9,5 milliard yevro kerak bo‘ladi.
Bu haqda Niderlandiya Auditorlar sudi hisobotida aytilgan.
Auditorlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu summaning taxminan 5 milliard yevrosi alyansning texnik talablarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondirish uchun zarur.
Vaziyat mablag‘ yetarli emasligi va infratuzilmani ta’mirlash bilan bog‘liq to‘plangan muammolar tufayli murakkablashmoqda. Ba’zi ko‘priklarda tezlik va og‘irlik cheklovlari allaqachon mavjud.
Bundan tashqari, harbiy texnikani tashish juda past bo‘lgan yo‘l o‘tkazgichlar tufayli qiyinlashadi. Ba’zi hollarda harbiy karvonlar bunday qismlarni aylanib o‘tishga majbur bo‘ladi.
NU.nl ta’kidlaganidek, Niderlandiya o‘zining joylashuvi va rivojlangan port infratuzilmasi tufayli NATO harbiy texnikasining Yevropa bo‘ylab harakatlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Ittifoq oldidagi majburiyatlarining bir qismi sifatida mamlakat nafaqat o‘z qo‘shinlari va texnikasini, balki ittifoqdosh kuchlarning ham tashishini ta’minlashi shart.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Niderlandiya Mudofaa vazirligi allaqachon sheriklaridan birining harbiy yuklarni tashish haqidagi iltimosini uning haddan tashqari og‘irligi tufayli rad etishga majbur bo‘lgan.
