Intellektual o‘yinlar, jumladan, “Zakovat” umumiy o‘rta ta’lim maktablari, prezident ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ko‘ngilli jamoalar o‘rtasida tizimli ravishda o‘tkazib boriladi. Bu O‘zbekiston prezidenti imzolagan tegishli qarorda belgilab qo‘yilgan.
Tashkiliy qo‘mita tavsiyasiga ko‘ra intellektual o‘yinlarning respublika bosqichi g‘oliblari va sovrindori (1-3-o‘rinlar) o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihonlarsiz qabul qilinadi. G‘olib amaldagi talabalar esa xuddi shartlarda OTMdagi ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishlari mumkin.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun “Zakovat” stipendiyasi ta’sis etiladi. U yil davomida har oyda beriladi.
Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hamda oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan bir oylik mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi.
Mamlakatda intellektual o‘yinlarni yanada rivojlantirish maqsadida Davlat byudjetidan “Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga 2022 yilda 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Mazkur mablag‘lar intellektual o‘yinlarni tashkil etish, savol yo‘llagan teletomoshabinlarni moddiy rag‘batlantirish, ekspertlar va hakamlarga ish haqi to‘lash, “Zakovat” intellektual klubi a’zolari uchun ochiq ro‘yxatdan o‘tish elektron platformasini yaratish va uni yuritish hamda g‘olib bo‘lgan jamoalar a’zolarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbirini tizimli ravishda o‘tkaziladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.