Yo‘lovchilar transportga u to‘la to‘xtagandan so‘ng chiqishi kerak

Yo‘lovchilar transportga u to‘la to‘xtagandan so‘ng  chiqishi kerak

Yo‘lovchilar transport vositasiga faqat u to‘la to‘xtagandan so‘ng trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.

Buning iloji bo‘lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug‘dirmasa yoki boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, yo‘lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Yo‘lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

➖transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish va unga xalaqit berish;

➖harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish;

➖transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;

➖transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!