Yugoslaviyaning sobiq rahbarlari 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Yugoslaviyaning sobiq rahbarlari 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Gaaga shahridagi BMT sudi sobiq Yugoslaviya xavfsizlik xizmati rahbari Yovisa Stanishich va uning o‘rinbosari Frank Simatovichni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

The Balkan Insight xabariga ko‘ra, ularning qotillik, deportasiya va g‘ayriinsoniy muomalaga aloqadorligi aniqlangan. Bundan tashqari, sud Stanishich va Simatovichni Serbiya prezidenti Slobodan Miloshevich boshchiligidagi fitnada muhim rol o‘ynagan deb hisobladi. Uning maqsadi xorvatlar va bosniyalik musulmonlarga qarshi etnik «tozalash» edi.

Mahkumlar ayblangan jinoyatlar 1992 va 1995 yillarda Bosniya va Hersegovina hududida sodir etilgan. Xususan, 1992 yilda Serbiya kuchlari Bosanski-Shamas shahrini egallab olgan, shundan so‘ng u yerda bosniyaliklar va xorvatlar uchun oltita hibsxona tashkil etilgan, unda asirlar kaltaklangan va qiynoqqa solingan. Shaharda tinch aholini talon-taroj qilish, zo‘rlash va sudsiz qatl qilish holatlari ham sodir etilgan.

Stanishich va Simatovich ishi bo‘yicha sud jarayoni 2003 yildan beri davom etmoqda. O‘sha paytda BMT sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunali ularni hibsga olish va Haagaga ekstradisiya qilishga erishgan edi. O‘n yil o‘tgach, ayblanuvchilar oqlandi, ammo 2015 yilda ayblov bu qaror ustidan shikoyat qildi. 2017 yilda tribunal o‘z ishini yakunladi va ish BMT sudiga yuborildi.

2021 yilda sud ikkalasini ham 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ayblanuvchilar hukm ustidan shikoyat qilishdi va yangi sud jarayoni boshlandi. 31 may kuni chiqarilgan hukm (15 yillik qamoq jazosi) yakuniy hisoblanadi va shikoyat qilinishi mumkin emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!