Yaxshi mutaxassis bo‘lgan odam hech qachon xor bo‘lmaydi-Shavkat Mirziyoyev

Yaxshi mutaxassis bo‘lgan odam hech qachon xor bo‘lmaydi-Shavkat Mirziyoyev

Ta’limga e’tibor berib, zaminni mustahkam qilgan el kambag‘al bo‘lmaydi. Afsuski biz ta’limga ko‘p yillar e’tiborsiz bo‘ldik. To‘qsoninchi yillarda bizdan hech kim Rossiyaga ketmasdi-ku. Nima uchun xalqimiz ketdi – ish yo‘q, boshpana yo‘q, ertangi kunga ishonch yo‘q edi. Oxirgi yillarda anchasini qaytarishga erishdik, chunki ular ham farzandlarimiz.

Buxoroning yutuqlariga qarang – so‘nggi besh yilda oliygohlarga kirish bo‘yicha viloyat birinchi o‘rinda. Qorako‘l tumani esa tumanlar orasida birinchi. Xalq ta’limi bo‘yicha ham Buxoro ko‘p jihatdan yetakchi. Bularning hammasi ilmga to‘g‘ri e’tibor berilganidan. Men ishonaman, bu albatta o‘z mevasini beradi. Chunki ilmi bor, ishi bor, yaxshi mutaxassis bo‘lgan odam hech qachon xor bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!