Yashnobodda suv ta’minoti o‘chiriladi
Toshkent shahar Yashnobod tumanining ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtinchalik to‘xtaydi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida katta hajmli ichimlik suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 25 dekabr kuni soat 09:00 dan 26 dekabr 09:00 gacha Yashnobod tumanida suv ta’minoti vaqtinchalik to‘xtaydi.
Suv ta’minotidan uziladigan manzillar:
22 ta bolalar bog‘chasi;
19 ta maktab tashkilotlari;
6 ta oilaviy poliklinika;
“Ergashev” nomli shifoxona;
102 ta ko‘p qavatli uylar;
2560 ta yerli xonadonlar;
suv ko‘tarish inshooti;
60 ta davlat tashkiloti;
6 ta masjid;
2 ta bozor;
Qozonxona S-7;
21-Yong‘in xavfsizlik bo‘limi;
45 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari.
Hokimlik aholida keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
