“Yaqin kelajakda O‘zbekistonni turistik “bum“ kutmoqda”

“Yaqin kelajakda O‘zbekistonni turistik “bum“ kutmoqda”

Taniqli teleboshlovchi, prodyuser, shoumen va “Muz-TV” (Rossiya) telekanali dasturiy direktori Andrey Razigrayev o‘zining instagram sahifasida yaqin kelajakda O‘zbekistonni turistik bum kutayotganini qayd etdi. Bu haqda "Xalq so‘zi onlayn" xabar berdi.

Shu kunlarda “Yo‘llanmasiz ta’til” (“Otpusk bez putevki”) ko‘rsatuvining navbatdagi sonini tayyorlash maqsadida Rossiyaning mashhur “Muz-TV” telekanalining tasvirga olish guruhi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati.

Teleko‘rsatuv boshlovchisi Andrey Razigrayev rahbarligi ostidagi guruh Xivaning Nurullaboy saroyi, Pahlavon Mahmud va Said Alouddin maqbaralari, Ichan Qal’a kabi tarixiy ob’ektlariga tashrif buyurishdi.

A. Razigrayev instagram sahifasida o‘z taassurotlarini quyidagicha bayon etadi:

“Bu yerda muhit ajoyib, taomlar mazali va hamma narsa hamyonbop. Xiva — shahar emas, Markaziy Osiyoning haqiqiy javohiri!”

Teleboshlovchining ta’kidlashicha, tez orada O‘zbekiston sayyohlarga to‘lib ketadi. Bunda u yaqin kunlarda “Muz-TV” telekanali efiriga chiqadigan “Yo‘llanmasiz ta’til” (“Otpusk bez putevki”) travel-shousining navbatdagi soni yordam berishiga umid qiladi.

Tasvirga olish guruhi O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ham bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!